25 jan 18:17
Yangiliklar
Futbol
Neymar sobiq jamoasiga qaytishga yaqin
Neymar "Al Hilol"dan "Santos"ga o'tishga yaqin turibdi.
"L’Équipe" malumotiga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakunlanish arafasida.
Neymar va uning otasi qaytishdan avval "Santos"ning investicion fondiga ham o'z hissasini qo'shishi kutilmoqda.
SHunday shartlar orqali Neymar "Santos"da kattaroq maoshga o'ynashi kutilmoqda.
32 yoshli braziliyalik futbolchi "Al Hilol"da yiliga 100 mln evro maosh olishi evaziga 2023 yil yozida Saudiya Arabistoni jamoasiga o'tgandi. SHundan buyon u "Al Hilol" libosida 7 o'yinda qatnashdi va 1 gol urib, 3 assist qayd etdi.
Havola :
Manba : L’Equipe
Fikrlar