13 apr 08:46
Yangiliklar
Futbol
Neymar Superkubokni qo'lga kiritgach: "Maktabda ham mehnatni boshqalar qilardi, men esa shunchaki baho olgani borardim"
Braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni Superkubogi medali bilan taqdirlandi.
"Al Hilol" klubi kuni kecha Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida "Al Ittihod" jamoasini yirik hisobda mag'lub etib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Ushbu turnirda birorta ham o'yin o'tkazmagan Neymarga ham medallar taqdim etildi va u jamoadoshlari bilan birga chempionlikni nishonladi. Braziliyalik futbolchi taqdirlash marosimidan so'ng o'z Instagram sahifasiga ushbu holat bo'yicha hazillashib post qo'ydi.
"Maktabda ham shunday edi. Mehnatni boshqalar qilardi, men esa shunchaki kerakli bahoni olgani borardim", - deydi Neymar.
Havola :
Fikrlar