05 fev 10:14
Yangiliklar
Futbol
Neymar tug'ilgan kuniga 500 kishini taklif qildi
Bugun PSJ klubi hujumchisi Neymar 27 yoshga to'ldi.
Kecha shu munosabat bilan Parijda bayram kechasi bo'lib o'tdi va unga 500 kishi taklif qilindi. Ushbu kechani Red Bull kompaniyasi tashkil etdi.
Neymarning do'stlari va oilasidan tashqari, tadbirga PSJ futbolchilari, braziliyalik syorfing ustasi Gabriel Medina va xonanda Uesli Sadafaol tashrif buyurdi.
Ayni damda Neymar oyog'ining singan barmog'ini davolatmoqda. Braziliyalik hujumchi jarohat tufayli 2 oy maydonga tusha olmaydi.
Havola :
Fikrlar