02 mar 17:43
Yangiliklar
Futbol
Neymarni Braziliyada ko'rishdi, u nogironlar aravachasida edi (FOTO)
PSJ hujumchisi Neymar jarohatlangan oyog'ini operaciya qildirish uchun Braziliyaga etib keldi.
26 yoshli futbolchini Rio-de-Janeyrodagi aeroportda Braziliya terma jamoasi shifokorlari yonida ko'rishdi. Forvard nogironlar aravachasida edi.
"Bu shunchaki sinish emas. Kecha Parijdagi klinikada takroriy tibbiy ko'rikdan o'tdik va jarohat og'irligi tasdiqlandi. Davolanish borasida shubhalarimiz yo'q edi, jarrohlik aralashuvi lozim. Uni boshqa yo'l bilan davolash maydonga qaytish muddati cho'zilishiga olib kelishi mumkin" - deydi Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lasmar.
Havola :
Fikrlar