13 avg 12:17
Yangiliklar
Futbol
Neymarning liboslari PSJ do'konidan olib tashlandi
Braziliyalik futbolchi Neymar Parij klubidan ketishga juda ham yaqin turibdi.
PSJ do'koni Neymarning barcha liboslari va ekipirovkalarini olib tashladi. Parijliklar rahbariyati bu borada hech qanday rasmiy bayonot bermadi, ammo 27 yoshli Neymarning poytaxt klubidan ketishi deyarli aniq bo'lib ulgurmoqda.
"Real" va "Barselona" Neymar bilan muzokaralar olib borayotganligi to'g'risidagi xabarlar yangramoqda. Oldinroq, PSJ muxlislari Neymarni jamoadaligidan ochiqchasiga norozi bo'lishgan edi. Neymar yakunlangan mavsum PSJ safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urishga erishgan edi.
Havola :
Fikrlar