02 iyu 08:50
Yangiliklar
Futbol
Neymarning PSJ bilan shartnomasi 2027 yilgacha uzaydi
PSJ hujumchisi Neymarning klub bilan shartnomasi avtomatik tarzda 2027 yilgacha uzaytirildi.
Futbolchi va klub o'rtasidagi shartnomada mana shunday band bor edi - ushbu band 1 iyul kuni faollashtirildi. Endi Neymar va PSJ o'rtasida 2027 yilga qadar shartnoma bor.
L’Equipe nashrining malum qilishicha, futbolchining atrofidagilar kelayotgan mavsum Neymar uchun PSJdagi eng yaxshi mavsumlardan biri bo'lishiga aminlar.
Neymar 2017 yildan beri Parij jamoasida o'ynab kelmoqda. U o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi.
Havola :
Manba : L'Equipe
Fikrlar