So’nggi yangiliklar

12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0

18 mar 17:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Neyt Dias UFC`ga qaytish va chempionlik uchun jang qilish niyatida

Teglar :  Neyt DiasUFC
UFC jangchisi Neyt Dias promoushenga qaytish niyatida ekani hamda yarimo'rta vazndagi chempionlik kamari haqida o'ylayotganini malum qildi.

"Nomim? Mening yo'lim hali tugamagan. Mening sport rivojiga qo'shgan hissam etarlicha qadrlanmagan, deb o'ylayman. Nazarimda, men UFC`ga boshqalardan ko'ra ko'proq hissa qo'shganman. Masalan, Konor [Makgregor] ham o'z hissasini qo'shgan, lekin akamning faoliyatini, men qilgan ishlarni odamlar unutgan.

Hech narsa abadiy emas, chunki sen o'z yo'lingda etarlicha tan olinmaysan. SHuning uchun, imkoniyat bor ekan, men janglarni davom ettirishni xohlayman.

Hozirgi vaziyatga qarang. Hamma janglar zerikarli. SHu holatda men qaytishni va UFC kamarini qo'lga kiritishni istayman. Men bekorga jang qilgim kelmaydi, tushunyapsizmi? Men haqiqatan ham, qandaydir maqsad uchun kurashgim keladi. Hozir aytingchi, kimlar yarimo'rta vazn chempioni bo'lib yuribdi? Qarang, men aytayotgan narsa shu!

Nega men UFC`ga qaytib, shunchaki kim bilandir jang qilishim kerak? Hozirgi jangchilardan hech biri menga qiziq emas. SHuning uchun, men hozir u erda emasman, tushunyapsizmi? Men hammasini kuzatib turibman", - dedi Dias.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing