17 iyu 12:20
Yangiliklar
Tennis
Nigina Abduraimova Kyujing turniri g'olibasiga aylandi
Xitoyning Kyujing shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan Ay-Ti-Ef toifasidagi turnir o'zbekistonlik tennischining g'alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu musobaqaning 2016 yilgi g'olibasi sifatida hamyurtimiz Nigina Abduraimova tarixga muxrlanadigan bo'ldi. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi turnirda ikkinchi raqam ostidan tasniflangan edi.
Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan hal qiluvchi final uchrashuvida musobaqaning birinchi raketkasi xitoylik Fangjou Liuni mag'lubiyatga uchratdi. Bir soatu 26 daqiqa davom etgan final bahsida Nigina kuchli raqibasini 7:5, 6:3 hisobida dog'da qoldirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar