14 iyu 08:55
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1261_220.jpg)
Nigina Abduraimova Kyujingda chorak finalga chiqdi
Xitoyning Kyujing shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming dollardan iborat bo'lgan Ay-Ti-Ef toifasidagi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi turnirda ikkinchi raqam ostidan tasniflangan. Kecha vakilamiz yakkalikning ikkinchi bosqich uchrashuvida xitoylik Di Jaoga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuv muddatidan avval yakunlandi.
Birinchi setni Jao 6:4 hisobida o'z foydasiga hal qildi. Ikkinchi setda Nigina 6:2 hisobida zafar quchdi. Hal qiluvchi uchinchi setning to'rtinchi geymidan so'ng mezbon tennischi bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu vaqtga kelib Abduraimova 4:0 hisobi bilan oldinda borayotgandi. Hamyurtimizning chorak finaldagi raqibasi yana bir xitoylik tennischi Fang Jing Xun bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar