22 sen 12:50
Yangiliklar
Tennis

Nigina Guanchjoudagi ishtirokini yakunladi
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Xitoyning Guanchjou turniridagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 250 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirning ilk davrasida italiyalik tennischi Kristina Fernandoni 6:4, 6:3 mag'lub etgandi.
Ammo, ikkinchi bosqichda u ukrainalik Lesya Curenkoga ikki setda ham bir xil 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Curenko dunyo reytingida 80, Abduraimova esa 176-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar