29 avg 16:32
Yangiliklar
Tennis

Nigina, Kamola va Oqgul g'alaba bilan boshlashdi, Arina yutqazdi
Qozog'istonning Almati shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada bir guruh tennischi qizlarimiz ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti. Musobaqaning birinchi raqamli ishtirokchisi bo'lgan Nigina Abduraimova ilk davrada yana bir hamyurtimiz Polina Merenkovani 6:4, 6:0 hisobida engdi.
Saralash bahslari orqali
asosiy to'rga etib kelgan Kamola Umarova qozog'istonlik Darya Detkovskayadan 6:1,
6:0 hisobida ustun keldi. Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova esa
turnirning oltinchi raketkasi, braziliyalik Gabriela Seni 6:4, 6:3 hisobida
mag'lub etdi. Arina Folc rossiyalik Darya Lodikovaga 2:6, 2:6 hisobida yutqazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar