10 dek 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Nigina O'ktamova Osiyo chempionatida kumush medal qo'lga kiritdi
Tailandning CHiangmay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Bugun musobaqada ayollar o'rtasidagi final bahslari o'tkazilyapti.
CHempionatda -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nigina O'tkamova finalda mezbon bokschi, Tailand vakilasi Punravi Ruenrosga qarshi jang o'tkazdi.
To'liq davom etgan bahsda hakamlar tailandlik bokschining 5:0 hisobidagi g'alabasini qayd etishdi. SHu tariqa, Nigina O'ktamova Osiyo chempionatini kumush medal bilan yakunladi.
Bungacha Farzona Fozilova va Feruza Kazakova oltin, Aziza Yoqubova esa kumush medalni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar