24 sen 14:55
Yangiliklar

Nigina qatnashgan turnirda Curenko bosh mukofot sohibasi bo'ldi
Hal qiluvchi final uchrashuvida turnirning ikkinchi raqamli tennischisi serbiyalik Elena Yankovich kutilmaganda ukrainalik Lesya Curenkoga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yankovich o'tgan yili ushbu turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Final bahsida Curenko raqibasini 6:4, 3:6, 6:4 hisobida zafar quchdi. Bu Lesyaning faoliyatidagi ikkinchi tituli bo'ldi. Ukrainalik tennischi o'tgan yili mazkur turnirda qatnashmaganligi uchun mukofot jamg'armasi va qo'lga kiritgan ochkolari ikki barobarga oshirildi.
Guanchjoudagi bir haftalik ishtirok Curenkoga 280 reyting ochkosi hamda 43 ming dollar mukofot pulini taqdim etdi.
FINAL
Lesya Curenko (Ukraina) – Elena Yankovich (Serbiya, 2) – 6:4, 3:6, 6:4
Fikrlar