25 fev 12:16
Yangiliklar
Futbol

Nigina va Oqgul Moskvadagi turnirda
Bugun Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada ikki hamyurtimiz ham ishtirok etadi. Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova reytingdagi o'rinlariga ko'ra o'z ishtiroklarini saralash bahslaridan boshlashadi.
Qura natijasiga ko'ra saralash turnirining oltinchi raketkasi sifatida qayd etilgan Nigina ilk davrada belaruslik Svetlana Pirajenkaga qarshi kortga chiqadi. Omonmurodova esa rossiyalik Varvara Gracheva bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar