23 iyu 09:59
Yangiliklar
Nig'matov Minsk turnirida yana 4ta partiya o'tkazdi
Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini FIDE ustasi Ortiq Nig'matov himoya qilyapti. Turnirda xalqaro grossmeysterlar - Anton Korobov (Ukraina, 2736), Dmitriy Andreykin (Rossiya, 2733), Sergey Jigalko (Belarus, 2724), Rauf Mamedov (Ozarbayjon, 2711) singari shaxmat yulduzlarining ishtirok etayotgani musobaqa nufuzidan darak berib turibdi.
Kecha turnirda yana 4ta partiya uchrashuvlari o'tkazildi. Nig'matov xuddi birinchi kunda bo'lgani kabi 2,5 ochko jamg'ardi. Yani, 2 g'alaba, bittadan durang va mag'lubiyat qayd etdi. Hamyurtimiz bugun o'tkaziladigan partiyalar oldidan 5 ochko bilan 19-o'rinni egallab turibdi. Bugun u 9-turda oq donalarda belaruslik Andrey Svyatachoga qarshi harakat qiladi.
Malumot uchun, Minsk turniri shveycarcha tizimda o'tkazilib, 11 turdan iborat bo'ladi. G'olib shaxmatchi 2000 AQSH dollari va kubokni qo'lga kiritadi.Kuchli oltilikdan joy olgan shaxmatchilarga pul mukofoti tasis etilgan.
Fikrlar