24 iyu 11:15
Yangiliklar
Nig'matov Minsk turnirining 18 yoshlilar musobaqasida chempion bo'ldi
Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini FIDE ustasi Ortiq Nig'matov himoya qildi. Turnirda xalqaro grossmeysterlar - Anton Korobov (Ukraina, 2736), Dmitriy Andreykin (Rossiya, 2733), Sergey Jigalko (Belarus, 2724), Rauf Mamedov (Ozarbayjon, 2711) singari shaxmat yulduzlarining ishtirok etayotgani musobaqa nufuzidan darak berib turibdi.
Turnirning so'nggi kuni shaxmatchilar 9-10 va 11-turlarda o'zaro bahs olib borishdi. Nig'matov oxirgi uchta partiyaning barchasida raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, yakunda 8 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Bu natijasi evaziga u 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar orasida chempionga aylandi.
Hamyurtimiz umumiy turnirda xalqaro grossmeysterlarni ortda qoldirib, sovrinli beshinchi o'rinni egalladi. To'rtinchi o'rindan joy olgan belaruslik grossmeyster Aleksey Fyodorov ham Nig'matov singari 8 ochko to'pladi.
Turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi xalqaro grossmeyster Rauf Mamedov (Ozarbayjon, 2711) 9,5 ochko bilan musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi. Ortik Nig'matov 3-turda Mamedov bilan durang o'ynagandi.
Fikrlar