02 apr 19:18
Yangiliklar
SHaxmat
Nig'matov - rapid yo'nalishida Osiyo chempioni!
Poytaxtimizda 8 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, bugun musobaqaning ikkinchi kungi bahslari bo'lib o'tdi. Hamyurtimiz xalqaro master Ortiq Nig'matov 18 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasida rapid yo'nalishida Osiyo chempioniga aylandi.
U 7 imkoniyatdan 6 ochko jamg'ardi. Besh yarim ochkoga ega vetnamlik Tang Min Tran kumush medalni qo'lga kiritdi. Yana bir hamyurtimiz Georgiy SHvanov esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar