07 noy 06:30
Yangiliklar

Nihoyat, Ibragimovichda dubl, “Manchester Yunayted” g'alaba
Mavsumni omadsiz o'tkazayotgan “Manchester Yunayted” klubi nihoyat g'alaba qozondi. Mehmonda “Suonsi”ga qarshi maydonga tushgan Joze Mourino shogirdlari 3:1 hisobida zafar quchishdi.
Nihoyat, Zlatan Ibragimovich raqib darvozasini ishg'ol qildi. SHveciyalik futbolchi dublga erishdi. Ilk gol Pogba hisobiga yozildi. “Qizil iblislar” 18 ochko bilan 6-o'ringa ko'tarilib olishdi. Turnir jadvalida “Liverpul” 26 ochko bilan peshqadamlik qilyapti.
Angliya chempionati. 11-tur
SUONSI – MANCHESTER YUNAYTED 1:3
Gollar: 0:1 – 15 Pogba, 0:2 – 21 Ibragimovich, 0:3 – 33 Ibragimovich, 1:3 – 69 van der Xorn.
“Suonsi” – Fabianski, van der Xorn, Kingsli, Ranxel, Mouson, Rautlej (Barrou, 46), Britton (Fer, 70), Ki Son En, Sigurdsson, Baston, Lorente (Montero, 46).
“Manchester Yunayted” – De Xea, Jons, Roxo, Darmian, Mata (Lingard, 81), Pogba, Fellayni, Kerrik, Yang, Runi (SHnayderlin, 89), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Ibragimovich (76), Mata (80).
Fikrlar