So’nggi yangiliklar

11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0 07:18UFC Freedom 250. Майкл Чендлерни биринчи раунддаёқ нокаут қилишди 0 17:59Ян Облак "Атлетико”дан бошқа клубга ўтиши мумкин 0 17:30Улар муҳаббат шаҳрида + ФОТО 0 16:54Кэти Тэйлорнинг хайрлашув жангига чипталар 30 дақиқада сотиб бўлинди 0 16:26Тошкентда ўтган Octagon 87 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:55Рафинья "Барселона" бўйича қарор қабул қилди 0 15:28Топурия Махачев билан жанг учун даҳшатли сумма сўраган экан 0

07 iyu 10:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Nihoyat, "Jangchilar oroli"ning qaerda joylashgani malum + FOTO

UFC prezidenti Dena Uayt promoushen turnirlari uchun sirli orollarning birida "Jangchilar oroli"ni bunyod etayotganini aytgan edi.

Nihoyat, barchadan sir saqlanib kelinayotgan ushbu mo'jaz orol joylashgan manzil oshkor bo'ldi. "Jangchilar oroli" BAA poytaxti Abu-Dabi shahriga yaqin joydagi orolda joylashgan deb xabar bermoqda Globo Esporte.

BAA hududida 200ga yaqin turli katta-kichik orollar mavjud bo'lib, Dena Uayt ulardan birini ijaraga oldi. Endi u bir nechta UFC turnirlarini aynan shu orolda o'tkazadi. Bu erga AQSH va boshqa davlat jangchilari bemalol kelib, o'z janglarini o'tkazishi mumkin. Faqat karantin nazorati o'ta keskin ko'rinishda bo'ladi. 

Jumladan, "Jangchilar oroli"ga kelayotgan har bir sportchi va murabbiylar ikki hafta davomida karantinda bo'lishadi. Ularning har biri koronavirusga qarshi test topshiradi. Tahlil natijalari elon qilinganidan keyingina sportchiga jang o'tkazishi uchun ruxsat beriladi. 

Xabarda aytilishicha, "Jangchilar oroli"dagi ilk turnir 27 iyun kuni bo'lib o'tadi. UFC promousheni ushbu orolda kamida avgust oyigacha turnirlarni tashkil qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing