27 jan 13:00
Yangiliklar
Nihoyat, Temurxo'ja Abduxoliqov jamoasi zafar quchdi
“As-Sayliya” mavsumni yaxshi boshlagan bo'lsa-da, keyinroq omadsizlik girdobiga tushib qoldi. Ketma-ket 5 tur davomida tunislik Sami Trabelsi boshqarayotgan jamoa g'olib chiqa olmadi. Ayniqsa, so'nggi turda Xavi to'p suradigan “As-Sadd”ning 6 ta gol urishi, hammasidan o'tib tushdi.
Abduxoliqov aytganidek, dushanba kuni natija jiddiy tahlil qilib chiqilgan. Kecha “As-Sayliya” turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turgan “Al-Marhiya” klubini qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi. Boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan Temurxo'ja asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqada almashtirildi.
Navbatdagi turni “As-Sayliya” futbolchilari “Al-Haraytiyat” klubiga qarshi o'tkazadi. Demak, 1 fevral kuni Qatarda “o'zbek derbisi”ga guvoh bo'lamiz.
Fikrlar