25 sen 12:02
Yangiliklar

Nik Diaz Xabibga "vyzov" tashlashni rejalashtirmoqda
UFC jangchisi Nik Dias Robbi Louler bilan jangida g'alabaga erishadigan bo'lsa, Xabib Nurmagomedovni to'qnashuvga chaqiradi. Bu haqida boshqa bir sobiq UFC jangchisi CHel Sonnen xabar berdi.
"Menga aytishdiki, agar Nik o'z jangini katta ustunlik bilan yakunlaydigan bo'lsa, unda to'g'ri Xabib Nurmagomedovni jangga chaqiradi. Agar shunday bo'lsa, bu uning uslubiga hos bo'lmaydi. CHunki, Nik uncha-muncha jangchini jangga chorlamaydi. Uni faqat Sen-Perga "vyzov" tashlaganini eslayman. Agar Nik Diazda Xabib rozi bo'lishiga qandaydir asos bo'lmaganda, u bunday ish qilmasdi. Bu yarimo'rta vazndagi eng "qaynoq" jang bo'lar edi", - dedi CHel Sonnen.
Eslatib o'tamiz, Nik Diaz va Robbi Louler o'rtasidagi jang 26 sentyabr kuni tongda o'tkaziladi.
Fikrlar