12 mar 10:31
Yangiliklar
"Nike" "CHelsi" bilan hamkorlikni to'xtatmoqchi emas
"Nike" kompaniyasi "CHelsi" bilan o'zaro hamkorlikni to'xtatishni reja qilmayapti.
Oldinroq ayrim manbalar tomonidan kompaniya "CHelsi" bilan hamkorlikni rad qilish ishlari boshlab yuborilgani borasidagi malumotlar tarqalgandi.
"The Athletic" nashrining yozishicha, tomonlar shartnomaning so'nggiga qadar faoliyatni davom ettirishadi.
2016 yili "CHelsi" va "Nike" 15 yillik shartnoma borasida kelishuv imzolagan va unda klub 900 million funt ishlab olishi ko'rsatilgan.
Eslatib o'tamiz, 10 mart kuni Roman Abramovichga rasmiy sankciyalar qo'llangani sababli rossiyalik biznesmenning aktivlari bloklab qo'yilgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar