09 sen 11:05
Yangiliklar
Futbol
Nike “Real”ga yiliga 120 mln. evrolik shartnoma taklif qildi
Sport liboslari va atributkalari ishlab chiqaruvchi dunyoga mashhur Nike kompaniyasi Madridning “Real” klubiga yangi homiylik shartnomasi taklif qildi.
Unga ko'ra, Madrid klubi ushbu kompaniyadan yiliga 120
mln evro oladi. Ammo hozirda “Real”ning Adidas kompaniyasi bilan amaldagi
shartnomasi bor. 1998 yildan beri Germaniya kompaniyasi bilan hamkorlik qilib
kelayotgan “Qirollik klubi”ning hozirgi shartnomasi 2020 yilgacha amalda bo'ladi.
“Real” hamkorlik uchun Adidas kompaniyasidan yiliga 75 mln evro oladi. Adidas xuddi shunday hamkorlik uchun “Manchester Yunayted” klubiga yiliga 100 mln evro to'laydi. Tabiiyki, bu “Real”ni qoniqtirmaydi.
Malumotda keltirilishicha, shu kunlarda Madrid klubi Adidas bilan yiliga 140 mln evroni tashkil etuvchi hamkorlik yuzasidan muzokara olib boryapti.
Havola :
Fikrlar