01 sen 08:44
Yangiliklar
Eshkak eshish
Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatovadan yana bir quvonchli xabar
Kuni kecha Vengriyada o'tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga licenziya olgan qizlarimiz Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova navbatdagi musobaqada ham omadli ishtirok etishdi.
Qizlarimiz Moskva shahrida ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan Rossiya Prezidenti kubogi uchun baydarka va kanoeda eshkak eshish bahsida kumush medalni qo'lga kiritdilar.
500 metr masofaga juftlikda kechgan final bellashuvida Rossiya va CHexiya terma jamoasi vakillaridan iborat ekipaj birinchi bo'lib marra chizig'ini kesib o'tgan bo'lsa, mezbonlar juftligi kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar