So’nggi yangiliklar

19:30Қоч Ўзбекистон келяпти: Богдан Гусков тарихий имконият остонасида, Рамазон Темиров эса ўз йўлини давом эттиради (мутолаа учун) 0 19:05Дастин Порье фаолиятидаги энг кучли рақибни айтди. Бу Ислам Махачев эмас 0 18:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказишини маълум қилди 0 18:14Равшан Эрматов U-20 Жаҳон чемпионати санаси, янги стадион очилиши ҳамда Осиё кубоги мезбонлиги ҳақида гапирди 0 17:45UFC тарихида ўзбекистонлик жангчилар илк марта бундай натижага эришишди 0 17:23Магомед Анкалаев: "Мен билан жангга тайёргарлик кўриш учун 10 йил керак!" 0 16:57Ўзбекистон Davis Cup - Group III турниридаги иштирокини бошлаш арафасида 0 16:30Дешам Испанияга қарши ўйин олдидан: "Улар яққол фаворит" 0 15:58Царукяннинг жанги чемпионлик мақомида бўлади + ПОСТЕР 0 15:19Нурсултон Рўзибоев янгиланган рейтингда ТОП-15'га кириб олди 0 14:56Пауло Коста нега Анкалаев билан жангдан бош тортганини маълум қилди 0 14:23Колумбия футболчиси ўлим таҳдидлари туфайли ЖЧ-2026`дан сўнг ватанига қайтмади 0 13:49FIDE Жаҳон Кубоги форматида ўзгаришлар бўлди 0 13:22Дастин Порье Макгрегорга: "Сени яна калтаклашга тайёрман" 0 12:57Аичи-Нагоя 2026: Uzbekistan Aquatics, волейбол ва велоспорт федерацияларида тайёргарлик жараёнлари муҳокама қилинди 0

06 jan 17:25
Yangiliklar

Tennis

Nima uchun tennischilar o'yinlarni sotadilar?

Siz aziz tennis muxlislariga CHili tennis federaciyasi saytida chop etilgan, nomalum muallif tomonidan yo'llangan ochiq maktubni etiboringizga havola qilishga qaror qildik.

Men professional tennischiman. ATP reytingida ham ochkolarim mavjud. Asosan "Fyuchers", ayrim vaqtlarda esa "CHellenjer" musobaqalarida ishtirok etib kelaman. Men o'z ismimni yoki biror bir tennischining nomini aniq aytib o'ta olmayman, chunki bu ishim orqali tennisdan bir umrga chetlashtirilishim mumkin (kelishilgan o'yinlarda qatnashgan tennischilar katta miqdorda jarimaga tortiladi va tennisdan chetlatiladi). Tennissiz esa men hayotimni tasavvur eta olmayman va butun hayotimni tennisga bag'ishlaganman.

Bu voqea bundan bir necha yil oldin boshlangandi. Kamina bir qancha turnirlarda yaxshi ishtirok etdim va ATPdagi ilk ochkolarga ega bo'ldim. Ushbu musobaqalarning harajatlarini ota-onam ko'tarardi. Men boy oiladan emasman va turnirlarda sayohat uchun qatnashib yura olmayman. O'z kuchimga ishonaman va doimo g'alabaga intilaman.

Men g'alabalarga erisha boshladim va reytingda asta yuqorilab bordim. "Fyuchers" turnirlarining birida yonimga bir odam kelib, ilk davrada yutqazishim uchun 1500 AQSH dollari taklif qildi. Raqib ancha kuchsiz edi. Men rozi bo'lmadim. Uchrashuvda g'alaba qozondim, biroq hayolimdan 1500 dollar ketmasdi. O'sha turnirda ikkinchi davrada yutqazdim va tashkilotchilardan 200 dollar gonorar oldim. 1500 "ko'kat" ishlashim mumkin edi degan hayol tinch qo'ymasdi negadir.



Oradan bir hafta vaqt o'tdi. Birinchi raketka bo'lish istagidan ham ko'ra ko'proq notanish insonning taklifi hayolimni band etardi. Keyingi turnir vaqti. O'sha shahs yana yonimda paydo bo'ldi. Bu safar 2000 dollar taklif bilan chiqdi va men rozi bo'ldim. O'yin vaqtida ich-ichimdan qaltirardim, sovuq terga botardim. Ilk davrada yutqazdim. Uchrashuvda ikki yoki uch geymni o'z hisobimga yozib qo'ydim va tashkilotchilar tomonidan beriladigan 117 dollarga ega bo'ldim. Bu pul soliqlardan so'ng yana kamaydi. Kelishilgan 2000 dollar esa hamyonimda. Endi bemalol keyingi musobaqalarda o'z hisobimdan ishtirok etishim mumkin edi.

Hayotimda ilk bor musobaqalardan qaytayotganda ota-onamga sovg'a oldim. Ularga endi harajatlarimni o'zim qoplay olishimni, ularning yordami shart emasligini aytdim. Ular xursand bo'lishdi. Endi musobaqalar vaqtida mehmonxona, eb-ichish va parvozlar uchun to'lovlarni o'zim amalga oshira olardim. Endi jahon tennisiga bemalol yorib kiraman degan hayol o'tdi.
Oradan bir necha oy o'tdi. Hamyon esa tobora bo'shab borardi. Ota-onamda meni qo'llab-quvvatlashlari uchun imkon yo'q edi. Mehmonxona, reyslar, mashg'ulotlar, murabbiy... Hammasi uchun mablag' kerak edi. Musobaqalardagi ishtirok uchun beriladigan pullar esa bu choy-chaqa edi xolos.



Argentinadagi "Fyuchers" musobaqalarning navbatdagisi. Qura menga omadsiz keldi. Ilk davradayoq turnirning birinchi saralangan tennischisiga qarshi kortga chiqishim kerak edi. Raqib kuchli mendan chamasi 600 o'rin yuqorida edi. Uchrashuvga puxta tayyorlandim. Birinchi setni 6/1 hisobida yutdim, hayron edim. Ikkinchi setda 6/2 hisobida g'olib bo'lganimda esa barchasini tushundim. Men bu biznesda yagona emasman. Kuchsiz o'yinchilarga pul tikib, bukmekerlik kompaniyalarida pul ishlab olishyapti.

Hozirgi paytda ham "Fyuchers" va "CHellenjerlar" turnirlarda uchrashuvlarimni ayrimlarini sotishga majburman. Asosan setlarni. Hozirgi zamonda ko'pchilik geymlarni, hattoki o'zi yo'l qo'yadigan qo'shxatolarni ham sotmoqda.

Qilgan ishimdan pushaymon emasman, uyalmayman ham. Lekin, maqtana ham olmayman. O'ylaymanki, ATP musobaqalarda sovrinlar jamg'armalarni ko'tarmaguncha men va menga o'xshagan tennischilar sportning ushbu turi bilan har doim professional shug'ullanish uchun o'yinlarni sotishga majburlar.


Husniddin Mirzaliev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
07 jan 13:57:22
alimov_shukur
gap yo'q sizga Husniddin. rahmat
   
06 jan 21:11:21
Ali
Tòppa tòģri
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing