So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

16 avg 07:20
Yangiliklar

Futbol

Nima uchun Zidanning "Real"ga qaytgani xato bo'ldi? Buning 5 ta sababi!

Teglar :  ZidanRealFutbol
Zinedin Zidan "qaymoqranglilar"ga mos emas.

"Real" hali ham omadsiz mavsum asoratlaridan qutila olmayapti.

Bir haftada uchta turnirdan chiqib ketgan "Real" Zinedin Zidanni jamoaga qaytardi. Zizu klub prezidenti Florentino Peres bilan kelisha olmay klubni tark etgan edi.

Hozir jamoa bosh murabbiyi - muxlislarning asosiy umidi. U yozda Azar, Yovich, Mendi hamda yana bir qator yosh va iqtidorli futbolchilar transferiga ruxsat berdi.


To'g'ri, hozircha jamoa kuchaygani sezilmadi: Mavsumoldi yig'in yomon o'tdi va ko'pchilik Zizu boshlagan ishga shubha bilan qaray boshlashdi. Franciyalik jamoaga qaytgani nega xato ekanligi haqida 5ta faktni taqdim etamiz.


5.Eski g'oyalar

Ko'plab sovrinlar yutilganiga qaramay Zidan taktika bo'yicha kuchli murabbiy bo'lmagan. To'g'ri, "Real" yutdi, ammo uning uslubini hayratlanarli deya olmaymiz.

Uning asosiy g'oyasi - qanotlardan foydalanish va jarima maydonchasiga pas uzatish. Zizu shogirdlari markazdan juda kam kirishadi. Buning hammasi mavsumoldi yig'inda tasdiqlandi.


Muammolarni ko'rib turgan Zidan hozir ham yangi uslub haqida o'ylamayapti.


4.Eski chehralar

"Galaktikos" nega faqat bir usulda o'ynaydi? CHunki jamoadagi chehralar o'zgarayotgani yo'q.


Zidan avvalgidek hozir ham yarim himoyada Toni Kroos va Luka Modrich juftligidan foydalanmoqda. Himoyada esa Karvaxal, Ramos, Varan va Marsel kvarteti to'p tepmoqda.

Yaxshi futbolchilar? To'g'ri, ammo ular endi yosh emas va o'tgan mavsum o'z darajasida o'yin ko'rsata olishmadi. Agar franciyalik mutaxassis ularga ishonishda davom etsa, bu yaxshilik bilan tugamaydi.


3.Absurd ketishlar

O'tgan mavsumni tezroq unutish kerak, ammo unda yoqimli voqealar ham yuz berdi. Markos Lorente o'zini ko'rsatdi va asosiy tarkibga davogarlardan biri ekanligini isbotladi.


Asosiy tarkibda Marselo o'rnini egallab olgan Serxio Regilonni ham unutmaslik lozim. Bu ikki futbolchi "Real"ni tark etdi. Lorente ashaddiy raqiblardan biri hisoblangan "Atletiko"ga o'tdi, Regilon esa "Sevilya"ga ijaraga berildi.

Biz "Real"ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi ikki futbolchisi haqida gapiryapmiz. Veteran va yulduzlarning qo'lidan hech narsa kelmaganda bu yoshlar yordam kelgan edi. Rahmat, Zidan.


2.Iqtidorli yoshlarning nomalum kelajagi

Vinisius Junior ham o'tgan mavsumning umidli yoshlaridan biri edi. U chap qanotda juda yaxshi o'yin ko'rsatdi, ammo Zidan esa bunga oddiy qaradi. Endi klubda Azar bor va u braziliyalikning joyini o'zlashtirib oladi. Bundan tashqari, Zidan Lukas Vaskesni maydonga tushirishni yaxshi ko'radi.


Takefusa Kubo, Rodrigo... Ularning bari o'z imkoniyatiga ega bo'ladi deya olmaymiz, Zidan yoshlarga ishonishni yoqtirmaydi.


1.Krishtianu Ronaldu yo'q

Ammo bundanda muhimi Zidanning "Real"idagi asosiy mexanizm jamoani tark etdi. Krishtianu Ronaldu butun mashinani harakatga keltirardi va murabbiylarning taktikasi usiz ishlamaydi.

Portugaliyalik etakchi jamoani tez-tez qutqaradi va CHL Ronaldusiz qo'lga kiritilmagan bo'lardi. Yangi etakchi kim bo'ladi? Beyl emasligi emas, chunki Zidan tezroq undan qutilmoqchi. Azar? Balkim, lekin aniq emas. Benzema va Yovich ham shu erda, biroq ularning biri yosh emas, boshqasi esa tajribasiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing