22 iyu 09:03
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/467_220.jpg)
Nimchorak finaldagi katta afisha: Italiya – Ispaniya
Evropa chempionatining nimchorak finalida o'tgan musobaqa finalchilari o'zaro to'qnash keladigan bo'lishdi.
Antonio Konte boshchiligidagi Italiya terma jamoasi 3-tur o'yini oldidan guruhdagi birinchi o'rin masalani hal etgan. Ularga “D” guruhining ikkinchi o'rinni egallagan jamoasi duch kelishi ko'zda tutilgandi.
Xorvatiyadan mag'lubiyatga uchragan Ispaniya guruhni 2-o'rin bilan tugatdi va endi chorak final yo'llanmasi uchun o'tgan safar finalda ro'baru kelgan raqibi Italiya bilan bahs olib boradi.
27 iyun kuni “Stad-de-Frans” stadionida Evro-2016 nimchorak final doirasidagi Italiya – Ispaniya uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar