05 avg 13:41
Yangiliklar
Tennis

Nishikori Vashingtondagi turnirda 255-raketkani arang mag'lub etdi
Yaponiyalik tennischi Kei Nishikori AQSH poytaxti Vashington shahrida yakuniga etib borayotgan turnirning yarim finaliga chiqdi.
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi chorak final uchrashuvida ATP reytingida 255-o'rinni egallab turgan amerikalik Tommi Polga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 40 daqiqa davom etgan bahsda Kei 3:6, 7:6(6), 6:4 hisobida zafar quchdi.
Bu vaqt ichida 27 yoshli Nishikori 5, 20
yoshli Tommi esa 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi yaponiyalik tennischi final
chiptasi yo'lida germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar