09 sen 10:05
Yangiliklar
Tennis

Nisikoriga US Open turnirining maxsus sovrini topshirildi
Yilning to'rtta nufuzli turniridan biri AQSH Ochiq chempionati tashkilotchilari yaponiyalik tennischi Kei Nisikoriga maxsus sovrin topshirishdi.
Erishgan ulkan natijalari uchun taqdim etiladigan ushbu sovrin 2012 yili tasis etilgan bo'lib, tashkilotchilar US Open va US Open Series ishtirokchilariga har yili topshirib kelinmoqda.
Kuni kecha Kei Nisikori chorak final uchrashuvida britaniyalik Endi Marreyni besh set davom etgan dramatik uchrashuvda mag'lubiyatga uchratgan edi. O'tgan yillarda bu sovrinni Kevin Anderson, Rojer Federer, David Ferrer hamda aka-uka Bob va Mayk Brayanlar qo'lga kiritishgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar