09 sen 09:36
Yangiliklar
Noche UFC turnirining to'liq kardi tasdiqlandi: Silva – Delgado, Kortes-Akosta – Bleyds
Oqshomning markaziy jangi yarim engil vazn toifasida braziliyalik Jan Silva (reytingda 6-o'rin) va amerikalik Xose Delgado (15-o'rin) o'rtasida kechadi. Dastlab Silvaning UFC vaqtinchalik chempioni Yair Rodriges bilan to'qnash kelishi rejalashtirilgan edi, biroq u jarohati sababli musobaqani tark etdi.
Turnirning ikkinchi muhim jangi eng engil vazn toifasida bo'lib, unda UFC sobiq chempioni Brendon Moreno Jozef Morales bilan kuch sinashadi. SHuningdek, asosiy kardda UFC sobiq chempioni, eng engil vazn vakilasi Aleksa Grasso franciyalik Manon Fioro bilan jang qiladi.
Og'ir vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun sobiq davogar Kertis Bleyds va Valdo Kortes-Akosta o'rtasida principial jang bo'lib o'tadi. Turnirning dastlabki qismida (prelim) taniqli rossiyalik yarim o'rta vazn vakili Muslim Salixov ishtirok etadi, unga chililik Ignasio Baxamondes raqiblik qiladi.
Noche UFC turnirining to'liq kardi: asosiy kard
Yarim engil vazn: Jan Silva (#6) – Xose Delgado (#15)
Eng engil vazn: Brendon Moreno (#8) – Jozef Morales
Yarim engil vazn: Tommi Makmillen – Marvan Raxiki
Ayollar o'ta engil vazn: Manon Firo (#2) – Aleksa Grasso (#3)
Superog'ir vazn: Valdo Kortes-Akosta (#5) – Kertis Bleyds (#6)
O'ta engil vazn: Devid Martines (#8) – Den Ige
Prelim kard janglari
Eng engil vazn: Tim Elliott (#12) – Edgar CHayrez (#15)
Yarim o'rta vazn: Ignasio Baxamondes – Muslim Salixov
O'rta vazn: Yusri Belgarui – Jorden Santos
Engil vazn: Drakkar Kloze – Tomas Gentt
Engil vazn: Rafa Garsiya – Jun CHju
Yarim engil vazn: SHon King – Jessi Rosas
Ayollar o'ta engil vazn: Jey Jey Oldrich (#15) – Regina Tarin

Fikrlar