28 dek 21:47
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov 11-partiyada durangga imzo chekdi. Hozircha u peshqadam + JADVAL
Biroz avval 11-partiya o'z yakuniga etdi. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov qora donalarda rossiyalik Vladimir Fedoseevga qarshi murakkab partiyani o'tkazdi. Vaziyat raqib foydasiga ko'rinish olishiga qaramay, 17 yoshli grossmeysterimiz partiyani durang bilan yakunlay oldi.
Hozircha Nodirbek turnir peshqadami bo'lib qolmoqda. Uning hisobida 8,5 ochko bor. Parallel o'tkazilgan Magnus Karlsen va Yan Nepomnyashiy o'rtasidagi partiyada ham murosa tanlandi. Bu ikki shaxmatchi yaqinda jahon toji uchun matchda o'zaro to'qnash kelishgandi.
Birozdan so'ng Abdusattorov 12-turda hindistonlik Gukesh Dommaradjuga qarshi qora donalarda harakat qiladi.
12-tur:
Magnus Karlsen – Levon Aronyan
Yan Nepomnyashhiy – Xikaru Nakamura
Gukesh Dommaradju – Nodirbek Abdusattorov
Aleksandr Grishuk – Fabiano Karuana
Fikrlar