26 okt 10:38
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov 400 ming dollarlik turnirni g'alabalar bilan boshladi
Islandiyada shaxmat bo'yicha “World Fischer Random Chess Championship” jahon chempionati boshlandi.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda. Hamyurtimiz 1-turda rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi dona surdi va 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. 2-turda esa amerikalik Uesli So 1,5 : 0,5 hisobida taslim etildi.
U endi navbatdagi o'yinini islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi o'tkazadi. Guruhda g'olib bo'lgan shaxmatchi yarim finalda qatnashish huquqiga ega bo'ladi.
Malumot uchun musobaqaning mukofot jamg'armasi 400 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar