So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

27 dek 21:39
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioni Gukeshni qora donalarda mag'lub etdi

Qatar poytaxti Doha shahrida ayollar hamda erkaklar o'rtasida Rapid va Blic yo'nalishlari bo'yicha FIDE Jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun dunyo birinchiligining ikkinchi kuni rapid bo'yicha yana 4 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi. Nodirbek Abdusattorov 4 ta partiyadan 3 tasida g'alaba va 1 tasida durang natija qayd etdi. Bugunga belgilangan so'nggi 9-turda qora donalarda o'ynaganiga qaramay, amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradjuni chiroyli tarzda mag'lubiyatga uchratdi. 

Bu bilan Nodirbek 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6-o'ringa ko'tarilib oldi. Abdusattorov kechagi kunni 3,5 ochko bilan 55-o'rinda yakunlagan edi. Bugun u 6-turda biroz kutilmaganda belgiyalik grossmeyster Daniel Darda bilan durang o'ynadi. Keyin esa ketma-ket amerikalik Endryu Xong, ispaniyalik Maksim CHigaev va amaldagi toj sohibi Gukesh Dommaradjuni taslim eta oldi.

Bugungi bellashuvlardan so'ng FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan va Magnus Karlsenga hozircha yagona mag'lubiyatni aynan bugun taqdim etgan rossiyalik Vladislav Artamev 7,5 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. AQSH vakili Xans Niemann hisobida ham 7,5 ochko bor. Karlsen 7 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. To'rtichi va beshinchi o'rindagi Aleksey Sarana hamda turkiyalik Yagiz Erdogmus hisobida ham 7 ochkodan bor. 

Ertaga rapid bahslari davom ettiriladi hamda g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing