25 iyu 16:19
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov: "Bu alamli bo'lgan edi..."
O'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov rapid va blic bo'yicha jamoaviy Jahon chempionati yakunlarini sarhisob qildi.
"O'tgan yili ikkala yo'nalishda ham to'rtinchi o'rin bo'lib qolganimiz alamli bo'lgan edi. Bu safar bronza medaliga sazovor bo'ldik. O'ylashimcha, bu natijamiz yaxshilanganini ko'rsatadi. Keyingi yil oltin medallarni qo'lga kiritishni maqsad qildik", dedi Abdusattorov.
Eslatib o'tamiz, vakillarimiz musobaqaning blic yo'nalishida bronza medallarini qo'lga kiritishgandi. Abdusattorovning o'zi esa 1-doskada ajoyib natija qayd etib, oltin medalga ega chiqqan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:06
FIDE Jamoaviy Jahon chempionati-2026: Abdusattorov chempion! Yana uch shaxmatchimiz sovrindor bo'ldi 0
Fikrlar