So’nggi yangiliklar

11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0

07 mar 11:31
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov: “Bu faqat boshlanishi”

Praga shaxmat festivali "Masters" guruhi g'olibi Nodirbek Abdusattorov turnirdagi g'alabasidan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Grossmeysterimiz turnirni mag'lubiyatsiz yakunlab, 3 ta g'alaba qayd etdi. U ayrim partiyalarda hatto ko'proq ochko olish imkoniyati ham bo'lganini takidladi (masalan, Vinsent Keymerga qarshi bahsda).

So'nggi turdagi partiya haqida esa Abdusattorov shunday dedi:

“Bugun boshidanoq durang o'ynashni reja qilgandim. Agar Yorden qora donalarda Parhamga qarshi g'alaba qozonganida, tay-brek bo'lardi. Mabodo buni uddalay olsa, tay-brek ham juda qizg'in o'tardi”.

Nodirbekning so'zlariga ko'ra, turnirning eng muhim lahzalaridan biri 8-turdagi David Navaraga qarshi g'alaba bo'lgan. Aynan shu natijadan keyin turnirdagi vaziyat deyarli hal bo'lgan.

Hozirda Abdusattorov "layv" reytingda 2780 ko'rsatkich bilan dunyo reytingida 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Biroq shaxmatchi reytingga ortiqcha etibor qaratmasligini aytdi.

“Men reyting haqida ko'p o'ylamaslikka harakat qilaman. Eng muhimi — barqarorlik. Karlsen va Karuana uzoq vaqtdan buyon yuqori darajada o'ynab kelayotgani ham aynan shuning natijasidir”.

SHuningdek, Nodirbek turnir davomida otasining yonida bo'lgani unga alohida motivaciya berganini ham takidladi.

2026 yil rejalari haqida gapirar ekan, Abdusattorov uchun eng muhim musobaqalardan biri O'zbekistonda o'tadigan SHaxmat Olimpiadasi bo'lishini aytdi.

“O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Umid qilamanki, bu faqat boshlanishi va kelajakda ham shu yo'sinda davom etadi”.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing