30 noy 13:50
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov bugun Gukeshga qarshi o'ynaydi
Hindistonda shaxmat bo'yicha "Tata Steel Chess India 2022" turniri o'tkazilmoqda.
Musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etayotganligi, kechagi uchta o'yindan so'ng u 1,5 ochkoga ega bo'lib turganligi haqida xabar qilgandik.
Bugun musobaqada 4-6 tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
Kun davomida Nodirbekning har uchala raqibi Hindistondan bo'ladi:
4-tur: Gujrati Vidit
5-tur: Gukesh
6-tur: Seturaman.
Uchta tur yakuniga ko'ra hozircha barcha o'yinda g'alaba qozongan ozarbayjonlik SHahriyar Mamedyarov uch ochko bilan musobaqa peshqadami bo'lib turibdi.
Abdusattorov esa 5-o'rindan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar