18 fev 11:14
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov bugun Levon Aronyanga qarshi o'ynaydi
Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "WR Chess Masters" turniri o'tkazilmoqda.
Bugun musobaqa doirasida 3-tur bahslari bo'lib o'tadi.
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov tur doirasida AQSH sharafini himoya qilayotgan Levon Aronyan bilan qora donalarda o'ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Abdusattorov 3-tur oldidan 1,5 ochko to'plagan holda peshqadamlar safida bormoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar