01 mar 23:59
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov CHexiyada principial raqibi bilan durangga imzo chekdi va peshqadamga aylanib oldi
CHexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo'yicha "Prague International Chess Festival" turniri bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqada Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti.
Bugun turnirning 4-raund bahslari bo'lib o'tdi. Unda hamyurtimiz hindistonlik sportchi Gukeshga qarshi dona surdi va durang qayd etdi.
Ushbu g'alabadan so'ng Nodirbekning ochkolari soni 3 taga etdi va u ayni paytda turnirda 1-o'rinni egallab turibdi. Eronlik Parham Magsdogluda ham 3 ochko mavjud. Biroq, endi Nodirbek qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga oldinga o'tib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar