04 iyu 17:22
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov - FIDE blic reytingida jahonning ikkinchi shaxmatchisi!
Unga ko'ra, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov blic yo'nalishida o'z faoliyatidagi hamda o'zbek shaxmati tarixidagi mutlaq rekordni o'rnatdi. Rossiyalik Daniil Dubov va franciyalik Alireza Firuzjani ortda qoldirgan Nodirbek afsonaviy 2800 lik Elo dovonidan o'tib, 2820 ochko bilan dunyoning ikkinchi raqamli blic ustasiga aylandi.
Iyun oyida Gonkongda bo'lib o'tgan jamoaviy blic jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan grossmeysterimiz 1-taxtada tengsiz ekanini isbotlagandi.
Nodirbek jami 19 ta partiyada 15.5 ochko jamg'arib, 1-doskada shaxsiy oltin medalni qo'lga kiritdi. Uning musobaqadagi umumiy perfomansi hayratlanarli 2936 reyting ochkosiga teng bo'ldi.
Turnir davomida Abdusattorov Magnus Karlsen, Ding Liren, shuningdek, Arjun Erigaisi va Alireza Firuzja kabi shaxmatchilarni taslim etdi.

Fikrlar