So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

10 avg 13:49
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov FIDE World Chess Cup musobaqasida qatnashadi

Bu haqda O'zbekiston shaxmat federaciyasining matbuot xizmati malum qildi.

Gap shundaki, FIDEning Markaziy Osiyo 3.4 hududi prezidenti Husan Turdialiev nomidan ushbu tashkilot prezidenti Arkadiy Dvarkovich nomiga bir necha bor iltimosnoma yuborilgandi. Unga ko'ra shaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi, xalqaro grossmeyster, butunjahon shaxmat olimpiadasi g'olibi Nodirbek Abdusattorovning so'nggi yillarda ko'rsatgan natijalari hamda uning imkoniyatlarini hisobga olib, FIDE World Chess Cup musobaqasida qatnashishga munosib nomzod ekanligi aniq faktlar bilan asoslab berilgandi.

Malumki, ushbu musobaqaga belgilangan kvotalardan tashqari FIDE prezidenti ham 5 nafar ishtirokchini mustaqil tavsiya etish huquqiga ega. Ulardan 4 nafari allaqachon malum bo'lib ulgurgan, ammo oxirgi o'rin uchun asosiy davogarlar orasida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov hamda Hindiston vakili Nihal Sarin nomzodi ilgari surilayotgan edi.

Qilingan harakatlar natijasi o'laroq xalqaro grossmeyster Yudit Polgar, xalqaro grossmeyster Vladimir Kramnik, FIDE ijrochi direktori, xalqaro grossmeyster Viorel Balagan boshchiligidagi Komissiya Hindiston vakili Nihal Sarin hamda o'zbekistonlik Nodirbek Abdusattorovlarning natijalarini ko'rib chiqib, unga ko'ra xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorovni FIDE World Chess Cup turnirida ishtirok etishga tavsiya qildi. SHu tariqa vatandoshimiz ushbu nufuzli bellashuvda qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

Malum bo'lishicha, musobaqa 9 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar Rossiya Federaciyasining Xanty-Mansiysk shahrida bo'lib o'tadi. Takidlash joiz, nufuzli turnirda O'zbekiston nomidan shaxmat bo'yicha 17-jahon chempioni, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov ham ishtirok etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing