06 apr 13:45
Yangiliklar

Nodirbek Abdusattorov Freestyle Chess Grand Slam Paris turnirida ishtirok etadigan bo'ldi
Yodingizda bo'lsa, bunday turkumdagi musobaqaning birinchisi fevral oyida Germaniyada o'tkazilgan va unda Javohir Sindarov 4-o'rinni, Nodirbek Abdusattorov esa 6-o'rinni egallagandi.
Ushbu turnirning navbatdagisiga Parij mezbonlik qiladi.
Musobaqa boshlanishiga bir necha kun qolganda amerikalik Hans Niemann bahlarda qatnasha olmasligini malum qildi. Tashkilotchilar uning o'rniga Nodirbek Abdusattorovga wild card berishdi.
SHu tariqa, musobaqa qatnashchilari ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Vinsent Keymar (Germaniya)
Fabiano Karuana (AQSH)
Magnus Karlsen (Norvegiya)
Gukesh Dommaraju (Hindiston)
Xikaru Nakamura (AQSH)
Arjun Erigaisi (Hindiston)
Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston)
Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston)
Maksim Vashe-Lagrev (Franciya)
Yan Nepomnyashiy (Rossiya)
Vidit Gujrati (Hindiston)
Richard Rapport (Vengriya).
Musobaqa g'olibi yakunda 200 000 AQSH dollariga ega bo'ladi.
Fikrlar