10 apr 18:16
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov Germaniyadagi musobaqada Vladimir Kramnikni mag'lubiyatga uchratdi
Germaniyaning Berlin shahrida The Armageddon Championship Series: Asia & Oceania turniri o'tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik.
Kecha musobaqaning 7-kun uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Kun doirasida Nodirbek Abdusattorov o'zining navbatdagi o'yinini rossiyalik Vladimir Kramnikka qarshi o'tkazdi. Uch partiya yakuniga ko'ra, Nodirbek 2 ta durang va 1 ta g'alaba qayd etib, 2:1 hisobidagi g'alabaga erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar