So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

23 fev 07:33
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov ishtirok etgan turnirda saralash bosqichi yakunlandi

Xabaringiz bor, shu kunlarda “Airthings Masters” onlayn musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 150 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirda sayyoramizning eng kuchli grossmeysterlari ishtirok etyapti. Ular orasida hamyurtimiz, rapid yo'nalishi bo'yicha amaldagi va shu bilan birga eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2651) ham o'z imkoniyatini sinab ko'rdi. 

Kecha tunda dunyoning 16 nafar kuchli grossmeysterlari so'nggi 3 ta partiyada o'zaro dona surishdi va afsuski, Abdusattorov o'tkazilgan partiyalarda 1 durang va 2 mag'lubiyat qayd etdi. Bu esa yosh grossmeysterimizning yakunda kuchli sakkiztalikka kirib olishi uchun etarli bo'lmadi. 

Abdusattorov 13-turda polshalik Yan-Kshishtof Duda (2806) bilan murosaga keldi. Keyin esa nomdor raqiblari, amerikalik Levon Aronyan (2719) va ozarbayjonlik SHaxriyar Mamediyarov (2722)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHu tariqa, Nodirbek saralash bosqichini 19 ochko bilan 11-12 o'rinda yakunladi. 

Saralash bosqichini rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiy 29 ochko jamg'argan holda yakka peshqadam sifatida tugatdi. Amaldagi jahon toji sohibi Magnus Karlsen 25 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Yigirma to'rttadan ochko jamg'argan Artemev va Esipenko uchinchi hamda to'rtinchi pog'onadan joy olishdi. 

Saralash yakuni. 1. Nepomnyashhiy - 29 ochko; 2. Karlsen - 25; 3-4.  Artemev, Esipenko - 24 ochkodan; 5. Xansen - 23; 6-8. Din Lijen, Le Kuang Lem, Kaymer - 22 ochkodan;

9-10. Aronyan, Giri - 21 ochkodan; 11-12. Pragnanandxa, Nodirbek Abdusattorov - 19 ochkodan; 13-14. Duda, Mamediyarov - 17; 15. Nimann - 15; 16. Kostenyuk - 3. 

Saralash bosqichi yakuniga ko'ra eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar shaxmatchi pley-off bosqichida g'oliblik uchun kurashni davom ettiradi. 

1/4 final juftliklari:

Yan Nepomnyashiy (Rossiya, 2773) - Vinsent Kaymer (Germaniya), 2664

Erik Xansen (Kanada, 2606) - Andrey Esipenko (Rossiya, 2714)

Vladislav Artemev (Rossiya, 2700) - Liren Ding (Xitoy, 2799)

Le Kuang Lem (Vetnam, 2709) - Magnus Karlsen (Norvegiya, 2865)

Reyting:    

Fikrlar

   
23 fev 09:21:33
Baxt Sadullaev
Булиб туради кейинги ойинларга омад ёр булсин
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing