30 dek 22:46
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov - Jahon vice-chempioni!
Musobaqaning blic yo'nalishida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov finalga qadar etib keldi.
CHempionatda 19 ta tur yakuniga ko'ra, eng kuchli shaxmatchilar hal qiluvchi bosqichga etib kelishdi.
Yarim final formatidagi o'yinda grossmeysterimiz Arjun Erigaisini 2,5 : 0,5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.
Hal qiluvchi final bahsida esa Nodirbekka shaxmat yulduzi, dunyoning birinchi raqamli grossmeysteri Magnus Karlsenga qarshi dona surdi.
To'rtta partiyadan iborat final bosqichida esa afsuski Nodirbek 1,5 : 2,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov blic shaxmat bo'yicha Jahon vice-chempioniga aylandi.
Magnus Karlsen esa 2025 yilgi JCHda rapid yo'nalishida ham, blic yo'nalishida ham oltin medalga sazovor bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Nodirbek 2021 yili Varshavada o'tkazilgan Jahon chempionatida rapid yo'nalishida chempion bo'lgandi.
Fikrlar