15 fev 21:38
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov Levon Aronyanga qarshi dastlabki uchrashuvni yakunladi
Germaniyaning Gamburg shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Freestyle Chess G.O.A.T Challenge" turniri davom etmoqda.
Dunyoning kuchli sakkiz nafar grossmeysteri dona surayotgan Fisher shaxmati bo'yicha musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2744) 3-o'rin uchun o'yin o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
U mazkur bosqichda asli armanistonlik, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Levon Aronyanga qarshi oq donalarda harakat qildi va durang qayd etdi.
Endi mazkur qarama-qarshilik g'olibi ertaga javob o'yinida aniqlanadi. Unda Nodirbek qora donalarda harakat qiladi.
Magnus Karlsen va Fabiano Karuana o'rtasidagi final o'yinida ham durang qayd etildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar