22 may 11:13
Yangiliklar
SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen bilan o'ynadi, bugun sloveniyalik raqib bilan o'yin bor
Chess.com platformasida onlayn klassik shaxmat bo'yicha Champions Chess Tour xalqaro musobaqasi davom etmoqda.
Kecha musobaqa doirasida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov yarim finalda norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi bahs olib bordi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
SHunday bo'lsada, Abdusattorovda musobaqani yutish imkoniyati saqlanib qolgan. Buning uchun u mag'lublar guruhida muvaffaqiyatli ishtirok etishi lozim. Yurtdoshimiz bugun mag'lublar guruhining chorak finalida sloveniyalik Vladimir Fedoseevga qarshi bahs olib boradi.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Yan Nepomnyashiy va Maksim Vashe-Lagrav o'zaro to'qnash keladi. Nodirbek g'alaba qozonsa, aynan ushbu juftlik g'olibiga qarshi kurashadi.
Musobaqa jadvali bilan tanishing:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar