So’nggi yangiliklar

13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0

13 apr 17:59
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen haqida gapirdi

O'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov blic-intervyuda ishtirok etdi.

— O'zingizni shaxmatchi sifatida qanday tariflaysiz?

"Men o'zimni agressiv o'yin uslubiga ega o'yinchi deb bilaman. Har bir partiyada oxirigacha kurashish va bosim ostida ham to'g'ri qaror qabul qilish — mening asosiy kuchli tomonlarim".

— Sevimli debyutingiz qaysi?

"Mening eng sevimli debyutim Ruy Lopez (Ispancha partiya deb ham ataladi)". 

— Nima uchun aynan shu debyutni yoqtirasiz?

"U juda ko'p qirrali, tarixiy merosga ega va zamonaviy shaxmat strategiyasida ham muhim o'rin tutadi. Ko'plab buyuk chempionlar shu debyutga tayanishgan".

— O'z o'yinlaringizni yana qaysi tomondan kuchaytirishni xohlaysiz?

"O'yinning yakuniy qismi — endshpilni rivojlantirish. Magnus Karlsen kabi chuqur texnikaga ega bo'lishni istayman"

— Sizni ilhomlantirgan shaxmatchi kim?

"Meni eng ko'p ilhomlantirgan shaxmatchi — Garri Kasparov. Unga havas qilaman va uning o'yin uslubidan o'rnak olishga harakat qilaman".

— Eng kuchli raqibingiz kim bo'lgan?

"Albatta, Magnus Karlsen. U barcha davrlarning eng kuchli shaxmatchilaridan biri, hali ham yuqori saviyada o'ynamoqda".

— Onlayn yoki oflayn shaxmat, siz qaysi birini afzal ko'rasiz?

"Men oflayn shaxmatni afzal ko'raman, chunki onlayn sharoitda raqibning yuz ifodalari, hissiyotlari ko'rinmaydi. Jonli bahsda esa raqibning reakciyalaridan ham foydalanish mumkin".

— Hozirgacha erishgan eng katta yutug'ingiz qaysi?

"2021 yilda jahon rapid chempionligiga erishishim va ilk bor oltin medal olishim — hozirgacha mening eng katta yutug'im".

— Kelajakdagi eng katta maqsadingiz nima?

"Bolalikdan beri dunyoda birinchi raqamli shaxmatchi bo'lishni orzu qilaman. Bu har qanday top o'yinchining eng oliy maqsadi".

— Bu maqsadga erishish qiyin bo'lmaydimi?

"Albatta, oson emas. Oldinda juda katta mehnat va sinovlar kutib turibdi. Lekin men bunga tayyorman va oldinga intilishdan to'xtamayman", deydi Abdusattorov.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing