10 fev 21:43
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag'lub etdi va nufuzli musobaqaning saralash bosqichi g'olibiga aylandi
Germaniyada Fisher shaxmat bo'yicha "Freestyle Chess G.O.A.T Challenge" turniri o'z yakuniga etdi.
Bugungi kunning eng kuchli 8 nafar grossmeysteri o'rtasida tashkil etilgan bahsda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi.
Yurtdoshimiz 8 ta tur yakuniga ko'ra, 5,5 ochko jamg'ardi va musobaqaning saralash bosqichi g'olibiga aylandi.
U so'nggii turda Magnus Karlsenni mag'lubiyatga uchratdi.
Nodirbek musobaqa davomida Alirizo Firudja, Magnus Karlsen, Gukesh va Ding Lirenni mag'lub etgan bo'lsa, Vincens Keymer, Fabiano Karuana, Levon Aronyan bilan durang o'ynadi.
Endi u asosiy bahslarni 1-o'rin sifatida boshlaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:58
Prezident Kubogi. Nodirbek ilk bor ochko yo'qotdi, Sindarov derbida peshqadam bilan durang o'ynadi 0
Fikrlar