28 dek 22:03
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag'lub etganidan so'ng nimalar dedi?
Bugun Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan g'alaba qozondi.
Hamyurtimiz ushbu g'alabadan so'ng qisqa intervyu berdi.
— Ushbu g'alabadan so'ng o'zingizni qanday his qilyapsiz?
— Mening biroz omadim keldi. CHunki o'yin deyarli oxiriga qadar teng kurashlar ostida kechdi.
— Axir Siz har kuni ham jahon chempionini mag'lub etavermaysizku, qandaydir hissiyotlaringiz bordir?
— Hali turnir tugamadi, shu sababli butun diqqatimni keyingi o'yinlarga qaratishim kerak.
— Karlsenga qarshi o'ynashingizni bilib, tunda qanday uxladingiz?
— Yaxshi uxladim, faqat vaqtliroq uyg'ondim.
Manba: Xushnud Xudoyberdiev blogi
Havola :
Fikrlar