16 fev 13:26
Yangiliklar
SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov mashhur kibersport klubi bilan shartnoma imzoladi
NAVI (Natus Vincere) kibersport klubi uch nafar shaxmatchi bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
Endilikda Nodirbek Abdusattorov, Uesli So va Aleksandr Bortnik Ukrainaning mazkur kibersport klubi safida o'yin o'tkazadi.
Jamoa ertaga start oladigan "Chessable Masters" onlayn turnirida o'z ishtirokini boshlaydi. Musobaqaning mukofot jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
Eng yaxshi ko'rsatkichga ega 12 nafar shaxmatchi 31 iyul - 3 avgust kunlari Ar-Riyodda o'tkaziladigan Esports World Cup (Kibersport bo'yicha jahon chempionati) da ishtirok etadi. Mazkur musobaqaning sovrin jamg'armasi 1,5 million dollardan iborat bo'ladi.
Avvalroq Magnus Karlsen mazkur musobaqada qatnashadigan Liquid bilan, Din Lijen esa LGD bilan kelishuvga erishgani haqida xabar qilingandi.
Havola :
Manba : CYBERSLOVO
Fikrlar